YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYSIda “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasiga start berildi

12-fevral kuni institut faollar zalida “Kiyim Textile” kompaniyasi rahbari Otabek Hakimov va “Nurafshon-nur” korxonasi rahbari Muhabbat Tashmuhamedova talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Dastlab, institut prorektori Nodira Shotursunova yoʻlga qoʻyilayotgan yangi loyiha shartlari bilan talabalarni tanishtirdi. Shundan soʻng tadbirkorlar faoliyati va yutuqlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

Loyihaga koʻra, talabalar uch yoʻnalishda takliflarini taqdim etishi kerak:

  • ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish;

  • onlayn savdo jarayonini yaxshilash;

  • jahon bozorlarida yangi mijozlar topish.

Talabalar loyihalarinig taqdim etgach institut va kompaniyalar vakillaridan iborat hayʼat komissiyasi eng yaxshi uchta loyihani tanlab oladi va tadbirkor ularga biznesdagi koʻnikmalarini toʻliq oʻrgatadi.

Tadbirning kirish qismidan keyin muloqot boʻlib oʻtdi. Unda talabalar tadbirkorlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ishbilarmonlardan atroflicha javob oldi. Yakunda esa eng yaxshi savol bergan toʻrt nafar talabaga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!