Joriy yilning 29-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari, 2006-2010 o‘quv yili bitiruvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti dekani M.Ochilov, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustoz M.Bobojonov, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi mudiri O.Ortiqov va kata o‘qituvchi X.Xalilova, institut ustoz-murabbiylar, bitiruvchi talabalar va institutda hozirgi vaqtda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Institut rektori va professor-o‘qituvchilar tomonidan sobiq talabalarga samimiy va ezgu tilaklar izhor etildi. O‘qish davridagi qiziqarli jarayonlar davra qatnashchilari tomonidan yodga olindi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar mehmonlar e’tiboriga havola etildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.