YANGILIK VA TADBIRLAR

“Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

9

     Joriy yilning 29-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari, 2006-2010 o‘quv yili bitiruvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirda institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti dekani M.Ochilov, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustoz M.Bobojonov, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi mudiri O.Ortiqov va kata o‘qituvchi X.Xalilova, institut ustoz-murabbiylar, bitiruvchi talabalar va institutda hozirgi vaqtda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

    Institut rektori va professor-o‘qituvchilar tomonidan sobiq talabalarga samimiy va ezgu tilaklar izhor etildi.  O‘qish davridagi qiziqarli jarayonlar davra qatnashchilari tomonidan yodga olindi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!