2021-yilning 27-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Madaniyat saroyida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi rahbarlari, deputatlar, mehnat faxriylari, professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdilar. Mazkur tadbirni Institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramanovich ochib berdi.

Shundan so‘ng “Ibratli umr” filmining taqdimoti katta ekranda namoyish etildi.  “Tashabbuskor olima ayol” kitobining taqdimoti bo‘lib, unda film va kitob tashabbuskori, ijtimoiy himoyaning mohir tashkilotchisi, do‘stlarning tayanch ustuni bo‘lib kelayotgan, “Ipak texnologiyasi” kafedrasining professori, texnika fanlari doktori, Xalqaro To‘qimachilik Akademiyasining haqiqiy a’zosi Alimova Halima Alimovnaning barchamiz uchun ibratli bo‘lgan hayot va ijod yo‘lidagi faoliyatlari aks etgan.

Halima Alimova singari buyuk o‘zbek ayoli siymosi barcha uchun haqiqiy o‘rnak namunasi hisoblanadi. Ushbu fidoiy ayolga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” nomli tadbirini tashkil etishda TTYeSI rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Halima Alimova kabi ilm-fan sohasi yo‘lining zabardast vakili hisoblangan insonlarning safi kengayaversin. Halima Alimova umrbod shogirdlar ardog‘idadir….

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!