YANGILIK VA TADBIRLAR

Uch tomonlama shartnoma memorandumi imzolandi

2
Joriy yilning 9, 10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida O’zbekiston va Turkiya texnika yo’nalishidagi Oliy ta’lim muassasalari forumi bo’lib o’tmoqda. O’zbekiston delegatsiyasi texnik va injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalaridan tashkil topgan.
Mazkur forumda oliy ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish, texnik va injenerlik yo’nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini unumli tashkil etish, xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo’yicha amaliy tajriba almashish maqsad qilingan.
Forum doirasida EGE universiteti, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti hamda “O’zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda uch tomonlama shartnoma memoramdumi imzolandi. Shuningdek, “Mavlono almashinuv” dasturi ham imzolanib, uning asosiy maqsadi – talabalar va professor-o’qituvchilarning akademik almashuvini tashkil etilishiga qaratilgan qo’shma o’quv dasturlari shartnomasi hisoblanadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!