YANGILIK VA TADBIRLAR

ULUG‘BEK TULANBAYEVICH HILOLANING SAXOVATLI ISHLARI TAHSINGA LOYIQ EKANLIGINI ALOHIDA TA’KIDLADI

IMG_4948

Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent shahrining “Versal” restoranida Yevropa ittifoqining  “Internews” xalqaro festivali doirasida “DUNYO SEN BILAN!”  loyihasi 4 oy davomida o‘tkazilgan “Ijodkor yoshlar” to‘garagi faoliyatining yakuniy hisobot bayrami hamda Hilola To‘xtamurodovaning  “Daun sindromli bolalar bilan ishlash metodikasi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bunda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Abdullayev Ulug‘bek Tulanbayevich ishtirok etib institut 3-bosqich talabasi Hilola To‘xtamurodovaga ulkan zafarlar tilagan holda, hayotni qalb kо‘zi ila ilg‘agan Hilolaning saxovatli ishlari tahsinga loyiq ekanligini alohida ta’kidladi. Institut jamoasi, ustoz murabbiylari hamda kursdoshlari nomidan samimiy muborakbod etdilar. Shuningdek, institut Matbuot xizmati tomonidan Hilola To‘xtamurodovaning faoliyati va yutuqlari film sifatida yoritilishini aytib o‘tildi.

Bayram tadbirida san’at vakillaridan Mustafo, Imron, Kaniza kabi bir qator estrada xonandalari, “Aralash-quralash” jamoasi a’zolarining  chiqishlari, quvnoq o‘yin-kulgulari va  tashkil etilgan bayram dasturxoni bolajonlarni quvontirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!