YANGILIK VA TADBIRLAR

Vitebsk Davlat Texnologiya univeristeti bilan hamkorlik doirasidagi uchrashuv

1

     Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida Vitebsk Davlat texnologiya universiteti bilan qо‘shma ta’lim dasturlari asosida tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mо‘yna buyumlari)  (“Proizvodstvo odejdi, obuvi i kojgalantereynix izdeliy”)”sirtqita’lim yо‘nalishi bо‘yicha shu kunga qadar 105 nafar talaba tahsil olib kelishmoqda.

      Ushbu о‘quv jarayonlarni yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 26-28 may kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga VDTU vakillari sifatida “Proizvodstvenniye texnologii” fakulteti dekani t.f.n., dots. Tomasheva Rita Nikolayevna va “Konstruirovaniye i texnologiya odejdi” kafedrasi mudiri k.t.n., dots. Bodyalo Natalya Nikolayevna tashrif buyurishdi.

     Ushbu tashrif doirasida vakillar institut rektori I.K.Sabirov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor S.SH.Tashpulatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor A.E.Gulamov, XOTMBXQDM bо‘lim boshlig‘i N.S.Amirova ishtirokida uchrashuv bо‘lib, hamkor davlat universiteti bilan о‘quv jarayonlarining sifati va mohiyatini yanada takomillashtirish, ta’lim doirasini kengaytirish va kelajakda istiqbolli rejalarni amalga oshirish maqsadlari bо‘yicha chuqur va mazmunli uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

     Shuningdek, hurmatli mehmonlar ishtirokida “TBKT” kafedrasi professor-о‘qituvchilari bilan kelajakda о‘quv jarayonini takomillashtirish, malaka oshirish masalalarida keng qamrovli suhbatlar bо‘lib о‘tdi. Shundan so‘ng, institutda mavjud barcha ilmiy va о‘quv laboratoriyalar bо‘yicha ekskursiya amalga oshirildi.

      26-may kuni institut qoshida qо‘shma ta’lim dasturini muvofiqlashtirish shartnomasi asosida “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mо‘yna buyumlari) (“Proizvodstvo odejdi, obuvi i kojgalantereynix izdeliy”)”sirtqita’lim yо‘nalishi bо‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan Vitebsk davlat texnologiya universiteti tomonidan tashrif buyurgan vakillarining o‘zaro uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.

      Bunda vakillar о‘z universiteti tarixi, tarkibiy tuzilishi, faoliyat yuritayotgan fakultetlari, bо‘limlari, infrastrukturasi, talabalarining hayoti haqida keng qamrovli, prezentatsiyali ma’ruza qilib berishdi. Xususan, 2021-2022 о‘quv yilida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  institutida ushbu yо‘nalish bо‘yicha tahsil olayotgan  2-kurs talabalariga 3-kursda VDTU ga borish tartib-qidalari aytib o‘tilib, talabalarni qiziqtirgan savollar bо‘yicha keng ma’lumot berdilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!