O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda 2021-yilda mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan 1-2 bosqichda tahsil olayotgan fakultetlararo talabalar o‘rtasida Voleybol sport musobaqasi tashkil etilmoqda.

2021-yilning 26-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Voleybol sport turidan talaba-yoshlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqa va sport turi bo‘yicha umumiy qoidalar olimpiya tizimida o‘tkazildi. Musobaqada institutning 4ta fakultet hamda xalqaro qo‘shma fakultet talabalari ishtirok etishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar uchun diplom esdalik sovg‘alar topshirildi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!