YANGILIK VA TADBIRLAR

Voleybol sport turi bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” sport musobaqasi

14-1

       Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda institutning rivojlantirish konsepsiyasi va dasturidagi vazifalarni 2021-yilda bajarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida “Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar — ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir” shiori ostida institutda faoliyat olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar o’rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

      Musobaqada institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, prorektorlar, dekanlar, professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, 1-2-3 kurs tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. Musobaqa nizomi ishlab chiqildi va xalqaro voleybol assotsiatsiyasining amaldagi qoidalariga asosan o‘tkazildi. Musobaqa natijasiga ko‘ra quyidagi tartibda o‘rinlar aniqlandi.

🥇1-o‘rin: 2-kurs Tayanch doktorantlar jamoasi.
🥈2-o‘rin: Mustaqil izlanuvchilar jamoasi
🥉3-o‘rin: 3-kurs Tayanch doktorantlar jamoasi

🖇Sport musobaqasining g‘olib va sovrindorlari institut rahbariyati tomonidan quyidagicha taqdirlandi:

🥇1-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 500.000. ming so‘m pul mukofoti va diplomlar;
🥈2-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 400.000 ming so‘m pul mukofoti va diplomlar;
🥉3-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 300.000 ming so‘m pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlandi!

Musobaqa juda qizg‘in bayromona tarzda davom etdi.

▶️Bizning kanal👇👇👇
TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!