YANGILIK VA TADBIRLAR

“Voleybol” sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi”

6

      Joriy yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga biriktirilgan “Muhandislar”, “Qushbegi”, “Meros”, “Oltin vodiy” mahalla yoshlari о‘rtasida institutda voleybol sport turi bо‘yicha “Rektor kubogi” bо‘lib о‘tdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni “To‘qimachi” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari,
2-o‘rinni “Belariq” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari,
3-o‘rinni “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari egalladi.

Musobaqa yakunida institut rektori Ilxom Sabirov tomonidan har bir ishtirokchi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

1-o‘rin uchun jamoaning har bir ishtirokchisiga “Termosli tefal”,
2-o‘rin uchun jamoaning har bir ishtirokchisiga “Idishlar to‘plami”
3-o‘rin uchun jamoaning har bir ishtirokchisiga “Dazmol” sovg‘a qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!