YANGILIK VA TADBIRLAR

“VOLUNTEERS CAMP” XALQARO YOSHLAR FORUMI

photo_2021-07-07_14-44-15

Joriy yilning 5-10 iyuliga qadar ICYF tashkiloti hamda Turkiya Respublikasi Sport va yoshlar Vazirligi tomonidan tashkil etilgan Antaliya shahrida xalqaro yosh volontyorlar forumi bo’lib o’tmoqda. Mazkur forumda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi Hilola To’xtamurodova ham ishtirok etmoqda.

Xalqaro miqyosida tashkil etilgan forumda 13000mingdan ziyod talabgorlardan 69ta davlatdan 80ta ishtirokchi qatnashish imkoniga ega bo’ldi. 30ta davlat vakillariga esa ishtirok uchun to’liq grand berildi. Grand sohiblari orasida Hilola To’xtamurodova ham bor.

Volontyor yoshlarga bugungi kunda butun dunyoni tahlikaga solayotgan pandemiya qanday ta’sir qildi va muammoning yechimlari; qanday qilib ijtimoiy loyiha tuzish; dunyo bo’yicha turli xil volontyorlik tashkilotlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Suzish, basketbol, voleybol kabi turli mashg’ulotlar tashkil etilib, forum doirasida Ebru hunari haqida ham mahorat darsi o’tkazildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!