YANGILIK VA TADBIRLAR

Turkiya Respublikasi bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik kengaymoqda.

photo_2022-01-26_10-25-36
Shu kunlarda Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi Erol О‘zvar (Erol Özvar) boshchiligida kengash a’zolari va nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya О‘zbekistonda bо‘lib turibdi.Ushbu rasmiy hamkorlik uchrashuvi munosabati bilan kengash a’zolari va nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya о‘zaro hamkorlik tajriba almashish uchun Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurishdi.Amaliy uchrashuv davomida vakillar institut faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida dastlab, “Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bо‘yicha ilmiy laboratoriya”sida bо‘ldilar. Shu bilan birga, charm buyumlari texnologiyasi, yigirish texnologiyasi va tо‘qimachilik matolari texnologiyalari kafedralarining о‘quv laboratoriyasi, talabalar amaliyoti uchun yaratilgan sharoitlar va zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishdilar. Eng sо‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan ushbu laboratoriyalarda paxta va kimyoviy tolalarni qayta ishlashdan tortib, ip yigirishgacha bо‘lgan texnologik jarayonlarning uskunlarini ketma-ketligi, xususan, laboratoriyalarda magistratura talabalari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligining guvohi bо‘ldilar.Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Koreya-О‘zbekiston tо‘qimachilik о‘quv-amaliy Texnoparkining moddiy-texnik bazasi, ish jarayonlari bilan tanishish asnosida, Turkiya-О‘zbekiston texnoparkini yaratish borasida takliflar bildirildi. Bunday zamonaviy texnopark sohalar bо‘yicha talabalarni nazariy bilimlarini о‘zlashtirishda hamda ularda ishlab chiqarish sharoitiga moslashtirilgan amaliy malaka va kо‘nikmalarni shakllantirishda asosiy omil bо‘lib xizmat qilib kelmoqda.Shuningdek, Turkiya mamlakatining nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda taniqli, yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-о‘qituvchilar о‘rtasida davra suhbati о‘tkazildi. Uchrashuv davomida institut rektori – Ilxom Sabirov tomonidan oliy о‘quv yurtining tarixi, faoliyati va istiqbolli rejalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.Ma’lumot о‘rnida, institut boshqa 30 dan ortiq davlatlar qatorida Turkiya davlatining ta’lim muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalari yо‘lga qо‘yilgan, jumladan, Egey universiteti, Sakarya amaliy fanlar universiteti va boshqalar. Institut professor-о‘qituvchilari hamkasblari bilan tajriba almashish maqsadida Turkiya davlatiga muntazam ravishda borib turadilar.
Egey universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan bо‘lib, ushbu universitet bilan Erasmus+dasturi loyihasi asosida hamkorlikda fan va ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelinmoqda. Ushbu dasturning maqsadi charm-poyabzal sanoati yо‘nalishidagi ta’lim dasturlarini takomillashtirishdan iborat.
2021-yil 13-oktabr kuni institutda Turkiyadan kelgan professor-о‘qituvchilar ishtirokida Erasmus+dasturining yirik konferensiyasi tashkil etildi.
2017-2021 yillarda institutning 10 dan ortiq professor-о‘qituvchilari akademik almashinuv dasturlari doirasida Turkiya davlatida safarda bо‘lib qaytishdi.
Mazkur tashrif davomida о‘tkaziladigan barcha tadbirlar, har ikki mamlakatning oliy ta’lim muassasalari о‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, rivojlantirish va yuqori chо‘qqilarga erishishi uchun mustahkam poydevor bо‘lib xizmat qiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!