YANGILIK VA TADBIRLAR

Talabalarning vaqti mazmunli o’tmoqda

photo_2022-01-27_16-40-02

Joriy yilning qishki ta’tilida talabalarning bо‘sh vaqtini mazmunli va samarali о‘tkazish maqsadida 5 muhim tashabbus doirasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanidan (AutoCAD dasturi asosida) turdosh oliy ta’lim muassasalari (TTYeSI, NamMTI, AnMI, FarPI, JizPI, BuxMTI, Berdaq nomidagi QDU, TerDU va TerMTI) о‘rtasida onlayn tanlov jonli video konferensiya tizim (Zoom dasturi) orqali о‘tkazildi.Tadbirni institut rektori I. Sabirov kirish sо‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchi iqtidorli talabalarga omad tiladi. Sо‘ngra, kafedra mudiri O.Ortiqov tanlov shartlari hamda baholash mezonlarini eslatib о‘tdi. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilimlari adolatli baholanib, g‘oliblar aniqlandi. Yakuniy natijalarga kо‘ra:

I-О‘RIN. TTYeSI. Niyozov Azizjon G‘ayrat о‘g‘li 2-kurs talabasi – 80 ball; (Televizor)

II-О‘RIN. Berdaq nomidagi QDU. Torebayeva Ulzira Polat qizi 1-kurs talabasi – 70 ball; (Mikroto’lqinli pech)

III-О‘RIN. BuxMTI. Jо‘raqulov Oybekjon Olimovich 1-kurs talabasi – 65 ball. (Termosli tefal)

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!