YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYeSI xodimi “Bo‘lajak olim” tanlovida g‘olib bo‘ldi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi” katta o‘qituvchisi Eshmurodov Dilmurod Dusmurod o‘g‘li rahbarligidagi “Paxtani tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida havodan ajratish jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Bo‘lajak olim” tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda 50 000 000 so‘m mablag‘ miqdorida moliyalashtirildi.“Sizdek intiluvchan, shijoatli va tashabbuskor yosh xodimlar o‘quv dargohining namunali yuzi hisoblanadi. O‘ylaymanki, faoliyatingiz davomida bunday yutuqlarning ko‘piga erishasiz. Biz esa sizni har qanday vaziyatda rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doim tayyormiz” – deya, institut rektori, texnika fanlari doktori Ilxom Kaxramonovich Sabirov tomonidan samimiy muborakbod etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!