YANGILIK VA TADBIRLAR

Tyutor – Yangi О‘zbekiston talaba-yoshlari kо‘makchisi!

photo_2022-01-31_15-42-37

Tyutor — talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, universitet, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishiga kо‘maklashuvchi inson bо‘lib, u yigit-qizlarni kasbga yо‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy tо‘garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini о‘rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug‘ullanadi. Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorining 273-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi nizomda tyutorlar asosiy faoliyat yо‘nalishlari, huquq va majburiyatlari, maqsad va vazifalari kо‘rsatib о‘tilgan.

Nizomga kо‘ra, tyutorlarning asosiy maqsadi — ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar о‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga kо‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam kо‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bо‘lib turadi.

Tyutorlar faoliyati. Tyutorlar ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-tarbiya, о‘quv va о‘quv-uslubiy hamda ilm-fan, innovatsion va ilmiy-tadqiqot yо‘nalishlarida о‘z faoliyatini olib boradi.

Tyutorlar vazifalari. Har bir tyutor о‘ziga biriktirilgan guruh talabalarini besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan klub va tо‘garaklarga jalb etib boradi hamda ularning ijodiy qobiliyati va iste’dodini namoyon etishi uchun imkon yaratadi. Talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularning ta’lim olishi, ilm bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga kо‘maklashadi va bu boradagi yangiliklardan xabardor qilib boradi.
Shuningdek, yigit-qizlarning о‘quv intizomini mustahkamlash, ularda ijodiy fikrlash, halollik, tо‘g‘ri sо‘zlik kabi xislatlarni shakllantirish borasida tizimli ishlarni yо‘lga qо‘yadi. Iqtidorli va iste’dodli talabalarni aniqlab, ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga hamda talabalarning loyiha va startaplarini amalga oshirishga kо‘maklashadi.
Bundan tashqari, talabalarning darslarni о‘zlashtirish darajasini nazorat qilib boradi, ularning innovatsion ta’lim texnologiyalari va о‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta’minlash va ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishi uchun zamin yaratadi.
Shu bilan birga tyutorlar talabalarni о‘ylantiradigan qator masalalar, xususan, talabalarni turar joy bilan ta’minlash, qoldirilgan darslarni о‘zlashtirishiga yordam berib boradi.
Har bir tyutor talabalarning sha’ni va qadr-qimmatini, obrо‘sini hurmat qilish, ularning jismoniy, ruhiy va psixologik holatidan muntazam xabardor bо‘lish, о‘quv, ma’naviy va ilmiy faoliyatini monitoring qilib borish, yigit-qizlarning darslarda ishtirokini nazorat qilish, yoshlarning ota-onalari va о‘zi bilan doimiy muloqot qilib borishga majburdir.
Hozirgi kunda tyutorlar vazifalarini inobatga olgan holda kelajakda “Tyutorlar maktabi” tashkil etilsa maqsadga muvofiq bо‘lar edi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!