YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut rektori boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

photo_2022-01-31_16-00-43

2022-yilning 26-28 yanvar kunlari Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich raisligida Davlat va jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini birdek qamrab olgan hamda maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Yangi О‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mо‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni ”2022-yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Mazkur yig‘ilish ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022-yilning 31-yanvar sanasida Institut rektori Ilxom Sabirov boshchiligida prorektor, dekan va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘lish o‘tkazildi. Bunda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv yurti kutubxonasidagi kitoblar fondini yangilash, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda bir qator muhim topshiriq va vazifalar belgilab olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!