YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro hamkorlik ishlari davom etmoqda

1
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti bilan ilm-fan va ta’lim integratsiyasi bо‘yicha о‘zaro o‘rnatilgan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida xorijiy vakillar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti Axborot siyosati va qabul qilish bо‘yicha prorektor о‘rinbosari – Yakovleva Olga Ivanovna hamda A.A. Xarxarov nomidagi Kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor – Sashina Yelena Sergeyevna institutga rasmiy tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida institut rektori Ilxom Sabirov va soha vakillari – hamkorlik ishlarini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarda ham ikki tomon o‘rtasidagi doimiy tajriba almashinuvlar, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari yuzasidan so‘z yuritishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!