YANGILIK VA TADBIRLAR

Xotin-qizlarga e’tibor – jamiyatga e’tibordir!

11

Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent to ‘qimachilik va yengil sanaot instituti “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti xotin-qizlar kengashi va “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan “Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya borasida jamiyatdagi ayollarning o‘rnini yuksaltirish va talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan “Yoshlar murabbiysi” Abdurahimova Farida Yuldashevna ishtirok etdilar.

Davra suhbatida bugungi kunda Respublikamizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, ularni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari Abdurahimova Farida Yuldashevnaning ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib tushuntirildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar bilan javob berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!