Joriy yilning 3-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Faollar zalida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori I.K.Sabirov, prorektorlar, fakultet dekanlari, ma’naviyat bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Barcha qatnashchilarda iliq taassurot uyg‘otgan ushbu ko‘rik-tanlov Paxta sanoat texnologiyasi fakultetining “Smile time” jamoasi, Matbaa sanoat texnologiyasining “Milliy Art”, Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining “Yosh dizayn” jamoasi, To‘qimachilik sanoat texnologiyasining “Yangi zamon” hamda Yoshlar ittifoqi institut Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi rahbarligidagi “Yesa-yamasa” jamoalari tomonidan yanada qiziqarli tarzda o‘tdi. Uchta shart bo‘yicha bellashgan ushbu jamoalar orasida Matbaa sanoat texnologiyasining “Milliy Art” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!