YANGILIK VA TADBIRLAR

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” bo‘yicha 2020-yil 6-tanlov doirasida O‘zbekistonda 6 ta yangi loyiha g‘olib deb topildi.

photo_2021-03-18_18-39-20

Jumladan, Respublikamizdagi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti, Ixtirochi ayollar markazi hamda Qozog‘iston davlati bilan hamkorlikda “Reinforcing capacities of HEIs for leather and leather products in Uzbekistan – Kazakhstan – REILEAP” ya’ni “O‘zbekiston-Qozog‘istonda charm va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish” (914 603 yevro hajmida) loyihasi g‘olibi bo‘ldi.
Loyiha 3 yil davomida (2021-yil 15-yanvardan – 2024-yil 14-yanvargacha) amalga oshiriladi.
Loyiha maqsadi: charm va charm buyumlar ishlab chiqarishda O‘zbekiston va Qozog‘istonda innovasion salohiyatni oshirish, texnologiya almashinish, amaliy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik xizmatlari natijalarini tijoratlashtirishda Oliy o‘quv yurtlari va universitetlarning rolini kuchaytirish va rivojlantirishga qaratilgandir.
Loyiha vazifalari bo‘lib, yevropalik hamkorlar tajribasi va amaliyotini o‘rgangan holda, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, charm va poyabzal sanoati korxonalariga xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish, markazlarni zamonaviy dizayndagi sinash uskunalari bilan jihozlash, malaka oshirish kurslarini rivojlantirish shuningdek, talabalar va bitiruvchilar hamda charm buyumlarni ishlab chiqarishda uy sharoitida ishlaydigan frilanser ayollarni ish bilan ta’minlanishini yaxshilashga qaratilgan.
Institutimizda loyihani bajarish bo‘yicha quyidagi tarkibda ishchi guruh tuzilgan:

  1. Ilxamova Maloxat Utkurovna – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., dotsent, loyihaning mahalliy koordinatori;

  2. Sabirov Ilxom Kaxramonovich – rektor, t.f.d., professor, ishchi guruh raisi;

  3. Mirzayev Nodir Baxodirovich – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri, t.f.n, dosent, ishchi guruh a’zosi;

  4. Shamsiyeva Maxbuba Badriyevna -“ Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” t.f.f.d., (PhD), dotsent, ishchi guruh a’zosi;

  5. Begaliyev Xoshim Xikmatdjanovich – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n., dotsent, ishchi guruh a’zosi;

  6. Pazilova Dilnoza Ziyadullayevna – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, t.f.f.n. (PhD), dotsent, ishchi guruh a’zosi;

  7. Ismatullayev Ilyos Norbekovich – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, ishchi guruh a’zosi

  8. Axmedov Jamoliddin Ziyavutdinovich – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi assistenti, ishchi guruh a’zosi

  9. Maksudova Dilfuza Toyirovna – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi assistenti, ishchi guruh a’zosi;

  10. A’zamov Anvar Muzaffarovich – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi assistenti, ishchi guruh a’zosi;

  11. Tursunova Dilrabo Kudratullayevna – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi doktoranti, ishchi guruh a’zosi;

  12. Ulugmuratov Jo‘rabek Farxodovich – “Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi doktoranti, ishchi guruh a’zosi;

  13. Maxmudov Xusniddin – M12-20-30-20 guruh magistranti

  14. Mirakilov Shoxrux – 26r-18 guruh talabasi

  15. Tregubov Aleksandr – 20r-18 guruh talabasi

  16. Ibragimova Nurxon – 26r-19 guruh talabasi

  17. Jovliyev SaidIslombek – 26r-18 guruh talabasi

  18. Voshenikin Danil – 20r – 18 guruh talabasi

Ushbu loyihada ishtirok etishni xohlovchi tarmoq bo‘yicha faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchi va talabalarni tanlov asosida loyiha ishchi guruhi tarkibiga kirish imkoniyati mavjud.
Buning uchun TTYeSI 5-bino 2-qavat 201-xonada ishchi guruh a’zosi M.B. Shamsiyevaga seshanba va payshanba kunlari 15:00-17:00 gacha murojaat qilish mumkin.
Muddat, 2021-yil 30-iyul,

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!