YANGILIK VA TADBIRLAR

YIGIRISH TEXNOLOGIYASI MASHINASIDAGI INNOVATSION YANGILIKLAR

photo_2021-03-26_17-04-53

2021-yil 26-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Germaniya demokratik respublikasining “Truetzschler GmbH & Co” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, Xalqaro xamkorlik bo‘yicha prorektor S.Tashpulatov, “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti dekani T.Murodov, “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, 4-4a-17, 4-18, 4-20, M4-20 guruh talabalari va “Yigiruvchi” to‘garagi a’zolari qatnashdilar.

Seminarda Markaziy Osiyo bo‘yicha “Truetzschler GmbH & Co” kompaniyasining vakili Witali Schulz “Yigirish texnologiyasi mashinasidagi innovatsion yangiliklar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Janob Schulz “Truetzschler GmbH & Co” (Germaniya) kompaniyasining yangi rusumdagi “Blendomat BO-P” avtomatik toy titish hamda “TC-19i” karda tarash mashinalari yangiliklari bilan tinglovchilarni tanishtirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!