YANGILIK VA TADBIRLAR

Yo‘l harakati qoidalari va unga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari

22222

Toshkent to‘qimachilik va yengi sanoat institutida joriy yilning 5-fevral kuni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi Yo‘l harakati qoidalari va unga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari bo‘yicha tadbir tashkil etildi

Toshkent shahar IIBB, YXHB, YTXBBIYu bo‘limi xodimlari tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, transport vositalarini  boshqarish madaniyatini bilishlari va o‘zaro hurmatni saqlashi lozimligi, quyi tizimlarda yo‘l harakati  xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi hamda professor–o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish, tarbiyaviy ishlarni  yanada kuchaytirish yuzasidan tadbirda kun tartibiga aylandi.

“Yo‘l harakati qoidalariga” har bir fuqaro rioya etishi, eng achinarlisi, haydovchi talabalarning intizomsizligi, ular tomonidan yo‘l harakati qoidalariga, xavfsizlik talablariga rioya qilinmasligi natijasida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol rivishda buzish holatlari tez-tez uchrayotganligi, bu holatlarning aksiriyati yo‘l-transport hodisalari ro‘y burayotganligi, bugunoh fuqarolarning hayotdan bevaqt ko‘z yumayotganligiga sabab bo‘lmoqda. 

Fuqarolarning huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, qisqacha aytganda, huquqiy ta’lim-tarbiyani yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda ro‘yobga chiqarilmoqda.  

Professor – o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish, tarbiyaviy ishlarni  yanada kuchaytirish, ko‘pchilik insonlar tomonidan yo‘llarda yurganda, piyodalar yo‘laklarini kesib o‘tish jarayonida turli xil jihozlardan foydalanish, musiqa eshitish, telefonda gaplashish oqibatida noxush voqea yoki yo‘l transport xodisasi ro‘y berishini oldini olish, intizomsizlikka qarshi kurashishimiz lozim.

Tadbirda yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!