Joriy yilning 2-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yosh dizayn” jamoasi tashabbusi bilan Yakkasaroy tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda  Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi har doim o‘zining ko‘tarinki kayfiyat ulshuvchi kuy-qo‘shiqlari, latifa-yu hazillari, dolzarb mavzularni hajviya va kinoyali olib chiqishi, o‘ziga xos savol-javoblari hamda sahna ko‘rinishlari bilan ishtirokchilarni mamnun etib kelgan dasturlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tanlov ham tomoshabinlarga iliq kayfiyat ulashib, ularni befarq qoldirmadi. Jamoalar chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan odilona baholandi. Natijalarga ko‘ra ushbu tanlovda “Yosh dizayn” jamoasi fahirli 1-o‘rinni egallab,  Kubok sohibi bo‘lishdi.

 

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!