Joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Madaniyat saroyida institut rahbariyati tashabbusi bilan rektor va talabalar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Bunda Institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramanovich, Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn hamda Matbaa texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda bugungi kunda institutda yaratilgan sharoitlar, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida  batafsil ma’lumot berildi. Zero, malakali va yetuk kadrlar ishlab chiqarish institut rahbariyatining oldiga qo‘yilgan ulkan vazifalaridan biridir.

Shundan so‘ng, yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida talabalarning fikr-mulohaza va takliflari Institut rektori tomonidan tinglanib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ul shaxslarga vazifalar yuklatildi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!