Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati o‘rtasida Zoom platformasi orqali video anjuman o‘tkazildi

2020-yil 27-yanvar kuni Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati o‘rtasida Zoom platformasi orqali video anjuman o‘tkazildi. Ushbu amnjumanda ikki tomon rektorlari, prorektor, dekan va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.

 Anjuman boshlanishida Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti rektori universitet faoliyati bilan tanishtirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra hozirda 3000 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil olmoqda, QS reytingida 498 o‘rinni egallagan, ingliz va rus tillaridan tashqari italiyan, ispan tillari ham o ‘qitiladi, yaqin kunlarda esa 7 nafar nobel mukofoti sovrindorlarini ma’ruza o’tish uchun chaqirishlari rejalashtirilgan.

Anjumanda asosiy ko‘rilgan masala bu 1+1 tizimi orqali magistratura talabalarini qo‘shma ta’lim dasturida belgilangan tartibda tahsil olishlarini ta’minlashdir. Ularning akademik mobilligini ta’minlash, baholash tizimi, yashash sharoiti va o‘quv yuklamalari masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, professor-o’qituvchilarning hamkor oliy ta’lim muassasasida malaka oshirishlari, talabalarning amaliyot o‘tashlari, hamkorlikda ilmiy va o‘quv jarayonini tashkil etish, nomzodlik ishlarini ko‘rib chiqish uchun xalqaro ilmiy kengash tashkil etish borasida ham kelishib olindi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!