YANGILIK VA TADBIRLAR

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bilan ijodiy uchrashuv

1

    Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotini ulug‘lash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan qizlardan biri “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Iroda Berdiyeva  yosh bo‘lishiga qaramasdan allaqachon bilim dargohimiz faxriga aylanishga ulgurdi.

    Joriy yilning 25-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida iqtidorli, ijodkor, faol talaba-qizlar bilan  2021-yil Madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Matbuot kotibi Berdiyeva Iroda Xudayshukurovna bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     Hozirda kunda  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Ijtimoiy fanlar” fakulteti Falsafa (qo‘llash sohasi) mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti Iroda Berdiyeva talaba-qizlarga o‘zining erishgan yutuqlari zamirida mashaqqatli mehnat, ota-ona duosi hamda tanlagan yo‘ldan og‘ishmasdan  maqsad sari olg‘a intilish samarasi ekanligi haqida hayajonlanib so‘zlab berdi.

     Uchrashuv so‘ngida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, yurtimiz  rivojiga o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi bilan xizmat qilishi zarur ekanligi Institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Mashxura Abdukarimova tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!