TOSHKENT TО‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTIGA 2021 YIL III CHORAK MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA

QABUL E’LON QILADI Talabgorlar http://phd.mininnovation.uz/ sayti orqali onlayn tarzda rо‘yxatdan о‘tadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (mavjud bо‘lsa); oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi diplom nusxasi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi (fan doktori ilmiy darajasini olish uchun); nashr etilgan ilmiy ishlar …

“ARTEL” HAMDA “TECHNO CONTINENTAL” korxona vakillari ishtirokida mahorat darsi

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasida “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yo‘nalishi 2-kurs 24-19 va 24a-19 guruh talabalari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan uchrashuvda “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri t.f.d professor O.M.Yo‘ldosheva, asisstent O.A.Salimov hamda “ARTEL” korxonasi xodimlari, “Mehnat …

“ENG YAXSHI GURUH MURABBIYSI” KO‘RIK-TANLOV G‘OLIBLARI

2020-2021 о‘quv yilining fevral oyi Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoati institutida ta’lim tarbiya olish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ustoz-shogird tizimida ishlash, tо‘plangan  ma’naviy merosni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimizga hurmat va iftixor tuyg‘usida tarbiyalashda ishtirok etayotgan murabbiylarni rag‘batlantirish hamda ularni doimiy qо‘llab-quvvatlab, bajargan barcha sohadagi ishlarni ta’minlash maqsadida eng yaxshi guruh murabbiylari tanlovida hakamlar hay’ati tavsiyasi asosida …

“Pandemiya Moda sanoatiga qanday ta’sir qildi” hamda TAY-DAY texnikasidan foydalanish usullari

Joriy yilning 12-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Kostyum dizayni” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, talaba-yoshlar bilan birgalikda “Pandemiya Moda sanoatiga qanday ta’sir qildi” mavzusida seminar tashkil etildi. Shuningdek, TAY-DAY texnikasidan foydalanib, mahoratli dizaynerlar tomonidan bo‘lajak soha vakillari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mutaxasislar tomonidan berilgan bilim va ko‘nikmalar talaba-yoshlar …

“О‘zcharmsanoat” uyushmasi xorijiy konsultanti Erdal Matrashdan mahorat darsi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PQ-2909-son qaroriga muvofiq 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PQ-3775-son qarori hamda 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va …

“DEKOS” kompaniyasi asoschisi bilan uchrashuv

Joriy yilning 12-aprel kuni Toshkent tо‘qimachilik yengil sanoat instituti anjumanlar saroyida “DEKOS” kompaniyasi asoschisi, yoshlarni samarali loyihalar bilan muvaffaqiyatga yetaklash bilan bir qatorda intellektual dunyoqarash tarafdori, muvaffaqiyatli tadbirkor va orator Xasan Mamasaidov bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Uchrashuvni kirish sо‘zi bilan ochib bergan institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Ilxom Sabirov Kaxramonovich talabalarni faol qatnashishga chorladi. …

“DО‘STLIK SPARTAKIADASI” YAKUNLANDI

2021-yil 9-aprel kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida “Dо‘stlik spartakiadasi”ning institutda faoliyat olib borayotgan ayol professor-о‘qituvchilar о‘rtasida voleybol sport turi bо‘yicha 2-bosqich institut birinchiligi bо‘lib о‘tdi. Musobaqa yakuniy …

“SIRDARYO-MEGA-LUKS” KORXONASI VA INSTITUT O‘RTASIDAGI HAMKORLIK ISHLARI

2021-yilning 9-aprel kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida Sirdaryo shahrida joylashgan SP OOO “SIRDARYO-MEGA-LUKS” korxonasi bilan institut bitiruvchilari va professor-о‘qituvchilari о‘rtasida bitiruvchilarni ishga qabul qilish va talabalar amaliyoti tashkil etish bо‘yicha uchrashuv о‘tkaziladi. Uchrashuvda korxonadan Korporativ xavfsizlik xizmati direktori Marks Abdirimovich Saparov, Loyiha rahbari Aleksey Valeryevich Drogun, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori …

GERMANIYANING “LEYBOLD” FIRMASIDA ISHLAB CHIQARILGAN ZAMONAVIY О‘QUV LABORATORIYA JIHOZLARI

“Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Qarorining ijrosi doirasida “Fizika va elektrotexnika” kafedrasiga 2017-2018 о‘quv yili boshida Germaniyaning LEYBOLD firmasida ishlab chiqarilgan zamonaviy о‘quv laboratoriyasi keltirildi va jihozlandi. Laboratoriya jihozlari uchun alohida auditoriyalar ajratilgan bо‘lib, har bir bо‘lim uchun professor-о‘qituvchilar ma’sul qilib biriktirilgan. …

Hindiston “TEXTRONICS” korxonasi mutaxassisi tashrif buyurdi

Joriy yilning 8-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Hindiston “TEXTRONICS” korxonasi mutaxassisi, professor Shaikh Asif tashrif buyurdi. “TEXTRONICS” korxonasi mutaxassisi, professor Shaikh Asif tomonidan institut professor-о‘qituvchilari, doktorantlari va talabalariga “Tо‘qimachilik sohasidagi sо‘nggi rusumdagi mashinalar bilan tanishtirish, dasturiy ta’minoti va CAD CAM dasturlaridan foydalanish” mavzusida ingliz tilida ma’ruza о‘tkazildi. Ma’ruzada ishtirok etgan professor-о‘qituvchilar hamda …