TTYeSIda magistraturaga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan test imtihonlari davom etmoqda

Mazkur jarayonning 2-kuni ham karantin talablari asosida o‘tkazilmoqda. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari institutning Axborot-resurs markazida 3 smenada tashkil etilgan. Talabgorlar karantin talablariga to‘liq amal qilingan holda imtihon o‘tkaziladigan xonalarga belgilangan tartib-qoidalar asosida kiritilayapti. Maqsad, test sinovlari o‘tkaziladigan hududda jamoat tartibini saqlash, imtihonning haqqoniy adolatli va shaffof tarzda o‘tishiga …