O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASINING SAYLOVOLDI TARG‘IBOTI

Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida О‘zbekiston Ekologik partiyasi, Toshkent shahar Ekologik partiya tashkiloti, aholi, о‘qituvchilar va talabalar ishtirokida tadbir bо‘lib о‘tdi. Ushbu tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi vitse spikeri X.L.Gapparov, Toshkent shahar Ekologik partiya tashkilot raisi S.T.Fayziyeva, О‘zbekiston Ekologik partiyasi xalq deputatlari Yakkasaroy tuman kengashi deputati T.V.Sayfullayev, Yakkasaroy …

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN О‘Z ISHINI BOSHLADI!

Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Research and Innovation Center, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda Jizzax politexnika institutlari hamkorligida yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “CHARM-POYABZAL VA MO‘YNACHILIK SOHALARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA OLIY TA’LIM MUASSASALARINING TUTGAN O‘RNI: MUAMMO, TAHLIL, YECHIMLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. Anjumanning …

1-bosqich talabalarning rahbariyat bilan uchrashuvi

Har yili institut an’anasiga aylangan tadbir borki, o‘quv yili boshida o‘tkazilib, talabalarning professor-o‘qituvchilar, oliygoh rahbariyati bilan yaqindan tanishishiga imkon beradi. Joriy o‘quv yilining 22-sentyabr kuni navbatdagi ana shunday tadbir Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Paxta sanoati texnologiyasi va Matbaa texnologiyalari fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan tashkil etildi. Uchrashuvda institut rektori Ilxom Sabirov Vatanimiz mustaqilligining …

Rektor va yoshlar uchrashuvi

2021-yilning 21-sentyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti 1-kurs talabalikka qabul qilingan yoshlari uchun uchrashuv tashkil qilindi. Yig‘ilishda institut rektori Ilxom Sabirov, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, dekan o‘rinbosarlari hamda oliygohda faoliyat yuritadigan turli bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuvda institut rektori Ilxom Kaxramonovich o‘z nutqida avvalo, talabalik baxtiga muyassar bo‘lib, …

Institutda ipak qurti – pilla yetishtirishning 4-mavsumi

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Ipak texnologiyasi kafedrasi laboratoriyasida talabalarda amaliy kо‘nikma hosil qilish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish, ipakchilik klasterlari haqida tushuncha berish maqsadida 2021/2022 о‘quv yili boshlanishiga 4-mavsumda ipak qurti pilla yetishtirish jarayoni amalga oshirildi. Ushbu ipak qurti namunalarini institutga olib kelishda “О‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi Navoiy viloyati Qiziltepa pilla xazinasi MCHJ tomonidan …

Rossiya Federatsiyasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoʻshma taʼlim dasturiga qabul davom etmoqda.

TTYЕSI hamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq Bakalavriat hamda Magistratura bo’yicha qoʻshma taʼlim dasturi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Ta’lim shakli kunduzgi bo‘lib, muddati 4 yil Kerakli hujjatlar: oʻrta umumtaʼlim maktabi yoki oʻrta maxsus taʼlimni tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat (attestat, diplom); pasport nusxasi; tanlangan ta’lim yo‘nalishi telefon raqam Hujjatlar 30-sentabrga qadar PDF shaklida …

Belarus Respublikasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoʻshma taʼlim dasturiga qabul davom etmoqda.

TTYESI hamda Vitebsk davlat texnologiya universiteti oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq bakalavriat bo’yicha qoʻshma taʼlim dasturi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Ta’lim yo’nalishi: Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mo‘yna buyumlari) Ta’lim shakli sirtqi bo‘lib, muddati 5 yil Kerakli hujjatlar: oʻrta umumtaʼlim maktabi yoki oʻrta maxsus taʼlimni tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat (attestat, diplom); pasport nusxasi; …

Oybek ma’naviy merosi – yoshlar uchun ibrat namunasi !

Poytaxtimizning sо‘lim gо‘shalaridan biri Adiblar xiyobonida joriy yilning 20-sentyabr kuni TTYeSI hamda О‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda Oybek hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlab tayyorlangan “XALQ YURAGI” turkumidagi hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni institut rektori Ilxom Sabirov ochib berib, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodiy faoliyati xususida oliygohda olib borilayotgan keng samarali ishlar xususida gapirib …