Xorijiy fuqaroni o‘qishga qabul qilish uchun suhbat o‘tkazildi.

  Joriy yilning 26-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi bakalavr ta’lim yo‘nalishiga Turkiya Respublikasi fuqarosi Aytar Furkanni o‘qishga qabul qilish yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rektori Ilxom Sabirov hamda Xalqaro hamkorlik ishlari prorektor, fakultet dekani va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

“Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tadbir o‘tkazdi.

Joriy yilning 25-oktyabr kuni poytaxtimizning muhtasham binolaridan biri “Humo Arena”da O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Markaziy saylov komissiyasining saylovning dastlabki natijalariga bag’ishlangan matbuot anjumani monitorlarda onlayn tarzda namoyish etildi. Shavkat Mirziyoyev 80,1% ovoz bilan g’olib deb e’lon qilindi. Anjumanda Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonch uchun xalqqa minnatdorlik bildirdi. …