“UZCHARM STYLE 2021” – Yosh dizaynerlarning Respublika tanlovi

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi: “Erkaklar poyabzalining eng yaxshi dizayni”; “Ayollar poyabzalining eng yaxshi dizayni”; “Bolalar va o’smirlar poyabzallarining eng yaxshi dizayni”; “Charm buyumlari va aksessuarlarining eng yaxshi dizayni”; “Sport tovarlarining eng yaxshi dizayni”; “Charmdan tikilgan erkaklar kiyimining eng yaxshi dizayni (qorako‘l)”; “Charmdan tikilgan ayollar kiyimining eng yaxshi dizayni (qorako‘l)” Tanlov doirasida yurtimizning qator oliy …

“Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”ni qо‘llash mavzusida seminar

2021-yil 8-9 noyabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Tо‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasida professor-о‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishida “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti D.Xodjakulova tomonidan “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”ni qо‘llash mavzusida seminar bо‘lib о‘tdi.

Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi. Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi …

“Samid products” MCHJ faoliyati bilan tanishildi.

Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat insitutining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari va 3-kurs 10-19, 11-19 guruh talabalari bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish maqsadida “Samid products” MCHJ ga tashrif buyurdilar. Korxonada “Bravo” brendi ostida tikilayotgan erkaklar ko’ylaklariga ishlov berish jarayonlari, zamonaviy tikuv va bichuv asbob-uskunalari bilan tanishdilar.

“Dunyo talabalar nigohida” nomli 5 ta muhim tashabbus doirasida tanlov o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi doirasidagi birinchi tashabbus hisoblangan – “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish va iste’dodlarini yuzaga chiqarish” maqsadida joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Dunyo talabalar nigohida” nomli guruhlararo bellashuv ko‘rinishida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Ushbu ko‘rik-tanlov Yoshlar masalalari va …

“BAKAN TEKS” yigirish korxonasiga tashrif.

Joriy yilning 6-noyabr sanasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining Tо‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti, “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti V.Isokulov, A.Yо‘ldoshev, guruh tyutori Y.Sirojiddinova va 4a-21 guruhi talabalari bilan birgalikda mutaxassislik fanlariga talabalarning kuchli yondashishi hamda fanga bо‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahrida 2018-yildan buyon о‘z faoliyatini yuritib kelayotgan “BAKAN TEKS” yigirish korxonasiga tashrif buyurishdi. …

MUKOFOTLAR MUBORAK BO‘LSIN!

Barchamizga ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 11-noyabr kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasi qurultoyi ishtirokchilariga yо‘llagan tabrigida 11-noyabr sanasini «Kasaba uyushmalari kuni» deb belgilash taklifini bildirgan edi. Kasaba uyushmalari kuni bayrami arafasida, ya’ni 2021-yil 4-noyabr kuni О‘zbek Milliy Akademik drama teatri binosida о‘tkazilgan tantanali tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yengil sanoat texnologiyasi …

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga sayohat

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayni fakulteti 25-21 guruh talaba-yoshlari hamda tyutor Dilobar Zufarova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil 1-maydagi “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi 2002-yilning …

“Construction solution” MChJ korxonasiga tashrif

Joriy yilning 4-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayni fakulteti, “KOSTYUM DIZAYNI” kafedrasi a‘zolari X.Yunusxodjayeva, N.Abduraxmanova va Z.Axmedova hamda 25-19, 25a-19, 25r-19 guruh talabalari “Construction solution” MChJ korxonasiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar korxona haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lishdi. Korxona rahbari va xodimlariga talabalar yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni …

Kitob – tafakkur xazinasi!

«Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik …