INSTITUTNING NAVBATDAGI KENGASHI O‘TKAZILDI

2021-yilning 27-dekabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida navbatdagi institut kengashi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Mazkur yig‘ilishda o‘quv yurtining yangi logotipi rektor Ilxom Sabirov tarafidan muhokamaga qo‘yildi hamda kengash a’zolari tomonidan oliygohning yangi logotipi bir ovozdan ma’qullandi.