Jismoniy va yuridik shaxslar uchun buxgalteriya xizmatlari mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi

2021-yilning 1-dekabr kuni Toshkent to ‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi tomonidan MCHJ “LEDGER FINANCE” bilan hamkorlikda “Jismoniy va yuridik shaxslar uchun buxgalteriya xizmatlari” mavzusida о‘quv seminar tashkil etildi. О‘quv seminarda kafedra professor-о‘qituvchilari va kafedra qoshidagi ta’lim yо‘nalishlari talabalari ishtirok etishdi. Tadbir sо‘ngida, institut hamda MCHJ “LEDGER FINANCE” о‘rtasida hamkorlik aloqalarini о‘rnatish bо‘yicha …

Futzal sport turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi

О‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi tomonidan joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar Toshkent shahrida “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida Yoshlar oyligi oʻtkazilmoqda. Loyiha doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli va samarali oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida joriy yilning 30-noyabr kunidan 3-dekabr …

Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi

“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazildi. Bunda yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati va Agentlik faoliyati to‘g‘risida xabardorligini o‘rganish maqsadida Institut psixologi Muxamedjanova Ruxsora tomonidan talaba-yoshlar orasida sotsiologik so‘rovnomalar tashkil etildi. Natijalar esa infografika shaklida e’lon qilinadi.

TTYeSI xodimlari xalqaro tanlovda e’tirof etildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining navbatdagi fidoyi xodimlari “Bobek” milliy harakati birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan MDHning “Eng yaxshi o‘qituvchisi – 2021” Xalqaro tanlovida ishtirok etib, diplom, tanlov ishtirokchilari maqolalari jamlangan to‘plam va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Institutning “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Halmatov Davronbek Abdalimovich “Tashakkurnoma” va kafedra katta o‘qituvchisi …