Tashakkurnoma!

2022-yilning 30-mart kuni Toshkent shahridagi Rossiya pedagogika universiteti A.I Gertsen nomidagi filiali hamda Maktabgacha ta’lim malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Navro‘z bayramida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining talaba-yoshlari tomonidan yaratilgan liboslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirning yuqori saviyada o‘tishida talabalar o‘zinining hissasini qo‘shganligi va faol ishtiroki …

Dunyo sen bilan…

Quyosh hamma yerda bir xil nur sochadi. Ammo bolalari baxtiyor, tinch va farovon yashayotgan mamlakatlarda u yanada yorqinroq porlaydi, gо‘yo о‘zining qaynoq nurlarini ayamay tuhfa etayotgandek. Zero, har bir bola – bir quyosh, har biri о‘zgacha dunyo! Shunday ekan, ular teng imkoniyat va huquqlarga, mehr va g‘amxо‘rlikka haqlidirlar. Dunyo bо‘yicha, о‘rtacha har 55 boladan birida …

Oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar haqida

Joriy yilning 4-aprel kuni “О‘zbekiston-24” radiokanalining “Muhim mavzu” eshittirishida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Xazratkulov hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i M.Mamanazarov ishtirok etishdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi, ya’ni, talabalarni …

To‘qimachilik texnoparki rivoji yuzasidan uchrashuv

Joriy yilning 29-mart kuni Kor-Uz To‘qimachilik texnoparkida “O‘zto‘qimachiliksanaot” uyushmasi, KITECH va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbarlari o‘rtasida texnoparkning keyingi faoliyati hamda hamkorlik asosida O‘rta Osiyoda kengaytirish masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Koreys yengil sanoat instituti hamda Kor-Uz To‘qimachilik texnoparki nafaqat to‘qimachilik sanoati rivojlanishida katta ko‘rsatkichga ega, balki mashinasozlik, aviatsiya, elektronika va meditsina sohalarining …

“Ochiq eshiklar kuni”

Joriy yilning 1-april kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Mirzaobod Texnologiya texnikumi bitiruvchi o‘quvchilari institutga tashrif buyurdi. Amaliy sayohat davomida texnikum o‘quvchilariga institut mutaxassislari tomonidan institutning tarixi, iqtisodiyot sohalariga tayyorlanadigan kadrlar va institutning moddiy texnik bazasi, ilmiy va amaliy laboratoriyalari haqida umumiy tushuncha berilib, tanishtirish ishlari olib borildi. Asosiysi, …

Texnosferik parkga amaliy tashrif

2022-yilning 1-aprel kuni institutning Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri O.Yo‘ldosheva tashabbusi bilan talabalarni kasbga yo‘naltirish masalalarini ilmiy va amaliy hal etish, kadrlarni to‘g‘ri tanlash, ularni tayyorlash va tanlangan kasbda keyinchalik birlashtirish maqsadida Texnosferik parkga tashrifi uyushtirildi. Ko‘zlangan maqsad esa talaba-yoshlarning shaxs xususiyatlarini va mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda …

Talaba-qizlar o’rtasida ma’naviy uchrashuv

Joriy yilning 1-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakultetining 3-talabalar turar joyida talaba-qizlar o‘rtasida ma’naviy – ma’rifiy mazmundagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIIOFMB 4-IIB XPB profilaktika katta inspektori, institut Psixologi, fakultet Xotin-qizlar Kengashi raisi va tyutorlar …

“Ochiq eshiklar kuni”

Joriy yilning 1-april kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Oqqо‘rg‘on tumanining 10-sonli umumta’lim maktab bitiruvchi o‘quvchilari tashrif buyurdi. Amaliy sayohat davomida o‘quvchilarga mutaxassislar tomonidan institutning moddiy texnik bazasi, ilmiy va amaliy laboratoriyalaridagi jihozlar va ularning turlari, tuzilishi, ishlatilish mexanizmlari haqida umumiy tushuncha berilib, tanishtirish ishlari olib borildi.

“Bilimdonlar bellashuvi” о‘tkazildi

  “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi qoshida tashkil qilingan “Texnolog” ilmiy tо‘garagining maqsadi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ilmiy rahbarga biriktirish, shuningdek, talabalarni nomdor stipendiya sohiblari bо‘lishlariga kо‘maklashish, respublika miqyosidagi olimpiadalarga tayyorlash, ilmiy va ijodiy tadbirlarga jalb qilish kabilardan iborat bо‘lib, har yili tо‘garak faoliyati davomida “Bilimdonlar bellashuvi” о‘tkazib kelinadi. Joriy …

Institut rektorining iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvi

Iqtidorli talabalarni qо‘llab-quvvatlash va ularni kelajakda faol ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlarini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyunda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ – 3775-son qarori qabul qilingan. Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori …