Adiblar xiyoboni.Oybek

Joriy yilning 8-iyun kuni Adiblar xiyoboni majmuasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Oybek faylasuf adib” mavzusidagi mazkur adabiy kecha Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Ushbu tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ulug‘bek Abdullayev ochib …

Mehnat qonunchiligida yangiliklar va mehnat munosabatlari

Joriy yilning 8-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Mehnat qonunchiligida yangiliklar va mehnat munosabatlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i T.Allayarov, Yakkasaroy tumani Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi O.Jumamurodov, Yakkasaroy tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti A.Tojiboyev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok …

Iqtidorli talaba yutuqlari

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi 2-kurs magistr talabasi Temirov Sherzod Iskandar o‘g‘li “Bobek” milliy harakati birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan MDHning “Eng yaxshi yosh olimi – 2022” xalqaro tanlovida ishtirok etib, I darajali diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, kafedra dotsenti Maxkamova Shoira Faxritdinovna rahbar sifatida tashakkurnoma bilan e’tirof etildi. Iqtidorli talaba-yoshlarning …

Test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 467-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari reytingini har yili tuzish belgilangan. Yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor – o‘qituvchilarining chet tillaridan hamda bitiruvchi bosqich “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)”, “Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyalash …

“Mohir qo’llar” to’garagi

Joriy yilning 7-iyun sanasida Institutning Matbaa texnologiyalari fakulteti tyutori Aziza Alimova tashabbusi bilan 4-Talabalar turar joyi qizlari ishtirokida “Mohir qo’llar” to’garagi bo’lib o’tdi. Mazkur amaliy mashg’ulot davomida turargohda istiqomat qiluvchi barcha qizlar faol qatnashib, o’z qo’llari bilan yaratgan bir-biridan go’zal san’at namunalarini taqdim etishdi. Bu esa ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, iqtidorini yanada yuzaga chiqarish, …

TTJda sport tadbirlari

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti tyutori S.G’afforov tashabbusi bilan joriy yilning 7-iyun kuni 3-Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shashka sport turi bo‘yicha musobaqa bо‘lib о‘tdi. Mazkur bellashuv so’nggida g’oliblar diplom bilan taqdirlanishdi.

TTJda sport musobaqalari

Joriy yilning 7-iyun kuni Talabalar turar joyida tyutorlar SH.Mirzahmedov, S.Primov tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi doirasidagi ikkinchi tashabbus hisoblangan – “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida talabalar о‘rtasida “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida voleybol sport masobaqasi о‘tkazildi.

Jamiyat gultoji bo’lgan qizlar o’rtasida davra suhbati

Joriy yilning 7-iyun kuni Institutning 2-Talabalar turar joyida “Qiz bola tarbiyasi – millatning ertasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig’ilishga Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Ismoiljonova, “Oilaviy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitasiya” bo‘yicha mutaxassis S.Ro‘ziqulova, tuman Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor podpolkovnik D.Sattorova, 2-kurs talabalari tyutori O.Berdiyeva, “Bobur” mahallasi …