Tavallud muborak!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi professori Ismailov Alisher Abdulxayevichning tavallud ayyomi munosabati bilan joriy yilning 13-iyun kuni institut rektori Ilxom Sabirov boshchiligida, prorektor, dekan va bo‘lim boshliqlari jamoasi tomonidan samimiy muborakbod etildi. Ustozning sharafli va ma’suliyatli mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar hamroh bo‘lsin!

Almata texnologiya universiteti talabalari amaliyoti yakunlandi

Qozog’iston Respublikasi Almata texnologiya universitetidan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga amaliyot o’tash maqsadida tashrif buyurgan bir guruh talabalar “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi PhD. M.Irmatova va doktorant Z.Islomova tomonidan Kor-Uz To’qimachilik Texnoparkidagi kimyoviy laboratoriyalar, pardozlash mini-sexi va ishlab chiqarish jarayonlari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilib, mahorat darsi o’tib berildi. Mazkur mashg’ulotda kafedraning 1-kurs magistrlari …

San’at va sport sohasi xodimlari ishtirokida ijodiy uchrashuv

Institutning To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti “Ipak texnologiyasi” kafedrasining 2021/2022 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning targ‘ib qilish rejalashtirilgan. 1-tashabbus doirasida talabalarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 10-iyun kuni ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirga O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Po‘lat …