“JINJUZ SILK” korxonasida ilmiy-tadqiqot tajribalari o‘tkazildi

2022-yilning 17-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Ipak texnologiyasi” kafedrasi jamoasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “JINJUZ SILK” korxonasida ilmiy-tadqiqot tajribalarini o‘tkazib keldi. Ushbu amaliyot Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor A.Gulamov rahbarligida tashkil etilib, bunda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorant A.Eshmirzayev, mustaqil tadqiqotchilar R.Murodov, N.Esonovalar ishtirok etdi. Ilmiy-tadqiqot amaliyoti jarayonida o‘zaro fikr-mulohazalar almashilib, …

“Shoxjahon” mahalla kutubxonasiga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi

Institutning “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi tomonidan “Shoxjahon” mahallasida tashkil etilgan kutubxonaga badiiy kitoblar sovg‘a qilinib, mahalla kutubxonasini yanada qimmatli asarlar bilan boyishida hissa qo‘shdi. Shu bilan birga, magistratura talabasi S.A’zamjonova va talabalar mahalla yoshlari bilan tanishib, ularni qiziqtirgan badiiy adabiyotlar haqida suhbatlashdi.

“Muhandislar” mahallasida kitob targ‘iboti

2022-yil 18-iyun kuni “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-о‘qituvchilarining “Muhandislar” MFY fuqarolari bilan “Kitob – bilim bulog‘i” mavzusida davra suhbati о‘tkazilib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Taraqqiyot Strategiyasi” asari bilan tanishtirildi. Shuningdek, fuqarolarga ushbu asardagi 7 ta bob va uning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Mazkur jarayon qiziqarli tashkil etilib, suhbatda yoshlar va yoshi katta fuqarolar …

“Rakat” mahalla yoshlari uchun mahorat darsi

Joriy yilning 18-iyun Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi‘ fakultetiga biriktirilgan “Rakat” MFYga “Ipak texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan tashkil topgan jamoa tashrif buyurdi. Ular tomonidan “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” mavzusida mahalla yoshlari bilan mahorat darsi va davra suhbati tashkil etilib, yoshlarga to’qimachilik sohasining o’rni yuzasidan ma’lumotlar berildi.