Institut talaba-yoshlari O’zbekiston terma jamoasiga omad tilamoqda!
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Talabalar turar-joyida 19-iyun kuni soat 18:00 da Institut rahbariyati tashabbusi bilan professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga qulaylik yaratish uchun AFC U-23 Osiyo chempionatida O’zbekiston-Saudiya Arabiston o’rtasida o’tkaziladigan Final o’yinini kuzatish imkoniyati yaratildi. Eng so’nggi rusumdagi maxsus ekranlar o’rnatilib, musobaqani tomosha qilish uchun barcha shay holatda turibdi.