Yangi oʻquv yili imtihon jarayonlari

Bugun 8-avgust kunidan e’tiboran respublikamizning oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun kirish imtihonlari boshlandi. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti doktorantlar jamoasi ushbu jarayonda (Paxtakor stadioni 4-sektor) abituriyentlarga sharoit va qulaylik yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Barcha o’qishga kirish istagida bo’lgan abituriyentlarga omad yor bo’lsin!