Diqqat tanlov!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Yakunda 30 nafar …

IJARADA YASHAYOTGAN TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat institutida tahsil olib,Ijarada yashayotgan talabalarga yanvar oyi uchun oylik ijara to‘lovining bir qismi to‘lab berilayotganini ma’lum qilamiz. Ariza beruvchi tomonidan oyning7-sanasiga qadar arizalar mas’ullarga taqdim etilsin.Ushbu …