Taqdirlash

Joriy yilning 28-yanvar kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Abdujalalovich Vaxabov rahbarligida institutdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiya sohibiga aylangan talaba-yoshlar munosib taqdirlandi. Tadbir davomida Institut rektori talabalarni birma-bir yutuqlari bilan tabriklar ekan, bilimli, faol, tashabbuskor talabalar institutning salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab, ularga omad tiladi.