“Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasida korxonalar bilan hamkorlik mustahkamlanib bormoqda…

Joriy yilning 17-oktabr kuni TTYESI professor-o’qituvchilari hamda talabalar uchun seminar trening o’tkazish maqsadida OOO CREDO PRINT GROUP rahbari Raemov Rustam Muradullayevichtashrif buyurdi. Institut talabalariga master klass o’tkazilib, korhona haqida ma’lumot berib, matbaa sohasida dolzarb bo’lgan masalalarni yoritib berdilar. Hozirgi kunda matbaa va qadoqlash sohalarida yangiliklar va kelgusidagi istiqbollar bo’yicha talaba yoshlar va professor-o’qituvchilar qiziqarli ma’ulmotlar …

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida hamkorlik ishlari

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasining dotsentlari M.U. Ilxamova hamda M.B.Shamsiyevalar 2023 yil 9-13 oktabr kunlari M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston va Dulati universitetlarida Erasmus+ 618930-EPP-1-2020-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP “REILEAP: О‘zbekiston va Qozog‘iston oliy о‘quv yurtlarida charm va charm buyumlarini ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” loyihasi bо‘yicha hamkorlik uchrashuvida qatnashish uchun Qozog‘istonning Chimkent …

“Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida korxona bilan tanishuv

ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, talabalar amaliyotlarini tashkil qilish maqsadida respublikamizdagi yetakchi korxonalar bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Kafedra professor-oqituvchilari va talabalari “Nurafshon-Nur” xususiy korxonasiga tashrif buyurib, korxona faoliyati, unda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar assortimenti va ularni ishlab chiqarish bosqichlari bo’yicha ko’nikma va malakalarga ega bo’ldilar va tikuv-trikotaj mahsulotlariga ishlov berish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasida trening mashg’ulotlari

professor-o’qituvchilari hamda 4-kurs talabalar VIRTUS TRICOT korxonasiga tashrif uyushtirishdi. Tashrif davomida korxona direktori, kafedra professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Korxona va kafedra o’rtasida DUAL TA’LIM bo’yicha kelajakda bajariladigan ishlar muhokama qilindi. Korxona tomonidan Institut talabasiga Ishlab chiqarish stipendiyasi tayinlanishiga erishildi.

TTYSI talabasi Goʻzallik festivalida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida 12-oktyabr kuni Goʻzallik festivali boʻlib oʻtdi. Festivalda institutimizning 2-bosqich talabasi Komila Shavkatova ham oʻzining soch turmak va makiyaj jamlanmasi bilan ishtirok etib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Namoyish uchun Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar yaratgan kostyum kolleksiyalaridan …

Toʻqimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professor-oqituvchilari va talabalar “Apiteks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Dastur davomida korxona direktori kafedra professor-oʻqituvchilari va talabalarni ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyat bilan yaqindan tanishtirdi. Shundan soʻng korxona va kafedra oʻrtasida dual taʼlim tizimi boʻyicha bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🇺🇿🇫🇷Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida 13-oktyabr kuni Fransiyaning ACTED xalqaro tashkiloti bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mamlakatimiz tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohatlar, institutimiz tomonidan talabalarga berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilindi. Uchrashuv doirasida institut tomonidan quyidagi takliflar berildi: ACTED xalqaro tashkiloti masʻullari institut tomonidan berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlab, birgalikda hamkorlik qilishga tayyor ekani maʻlum qilindi.