Oliy taʼlim muassasalarining 2022-yilgi umumiy reytingi eʼlon qilindi.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti reytingda 26-oʻrinda qayd etilgan (https://t.me/eduuz/17531). Mazkur reytingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilk bor 98 ta oliy taʼlim muassasasi, 62 ta akademik litsey va 14 ta yuridik texnikumning 2022-yildagi faoliyat samaradorligi baholangan. Ushbu jarayonda 12 563 nafar talabaning fikrlari va mutaxassislik fanlari boʻyicha bilimlari, 31 379 nafar …

“Sport-sog’lom hayot garovi”

TTYESI Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti tyutori D.Xakimova Yoshlarning bo’sh vaqtini unumli o’tkazish maqsadida “Sport-sog’lom hayot garovi” shiori ostida o’ziga biriktirilgan talabalar ishtirokida sportning “Mini futbol” turi bo’yicha do’stona musobaqa o’tkazdi. Sport, sog’lik, tarbiya va go’zallik demakdir. Sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, bizning ta’lim muassasamizda sport bilan shug’ullanish ommaviy tus olmoqda.

Institutda 20-oktyabr kuni Italiyaning “Tecon” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TTYSIning Xalqaro hamkorlik ishlari prorektorati mehmonlarni iliq kutib olib, institutda soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, talabalarning salohiyati va ularga taqdim etilayotgan mahalliy va xalqaro imkoniyatlar bilan tanishtirdi. Uchrashuvda olib borilgan muzokaralardan soʻng institute maʼmuriyati tomonidan “Tecon” vakillariga qator takliflar berildi. Jumladan: “Tecon” kompaniyasi institut tomonidan berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlab, birgalikda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi va …

Institutda 19-oktyabr kuni Zakovat musobaqasining ikkinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Tanlov natijalariga koʻra, “Intelligence”, “Yana oʻshalar” va “Univers” jamoalari kuchli uchlikni qayd etdi. Mavsum yakunigacha yana 8 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Har bir tur natijalarini “Zakovat TTYSI” guruhida (http://t.me/Zakovat_TTYeSI) kuzatib borishingiz mumkin.

📍O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug‘i 20-bandida Professor-oʻqituvchi va xodimlari oʻrtasida sportning “Futbol” turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasining ochilish marosimi va dastlabki oʻyinlarni tashkil etish vazifalari belgilangan.

🙌 Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 21-oktabr kuni Professor-oʻqituvchi va xodimlari oʻrtasida sportning “Futbol” turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo’lib o’tishini e’lon qilamiz.