DUAL TA’LIM – Nazariya va amaliyot uyg’unligi

24 oktyabr kuni “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedrada tahsil olayotgan 3-bosqich 16-21 guruh talabalarining dual ta’limni nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida MCHJ «Anis Pro Product» korxonasiga tashrif buyurdilar. Dual ta’limni o‘tash davomida talabalarning ishlab chiqarishda kasbiy tajribasini oshirish va mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari belgilangan. Talabalar korxonadagi о‘rnatilgan …

Joriy yilning 11-oktabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish yuzasidan vazifa belgilangan edi.

Vazifa ijrosi yuzasidan 24-oktyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti hududiga 100 dan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari olib kelindi.Institut xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etib ko’chatlar ekishdi.

“Shaxmat-shashka” sport turi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga qarashli to’rtinchi talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar o’rtasida joriy yilning 23-oktabr kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Shaxmat-shashka” sport turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. ▫️Matbaa texnologiyalari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etilgan o’yin barchani bir davra atrofiga yig’di va aql charxiga jalb qildi.

TTYSIda taniqli jurnalist Sirojiddin Oʻsarov bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtadi.

25-oktyabr kuni institut faollar zalida tajribali jurnalist va mahoratli teleboshlovchining soha sirlariga oid maxsus ijodiy uchrashuvi oʻtkaziladi. Uchrashuvda qatnashish istagida boʻlgan talabalar ushbu soʻrovnomani (https://forms.gle/jEawL4t2gNWqYDLj8) toʻldirib, roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998 97 117 22 44.

Toshkentda “UzCharmExpo” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

“OʻzCharmsanoat” uyushmasi tomonidan 18–20-oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” binosining 1–2-pavilyonlarida “UzCharmExpo EURASIA 2023” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Mazkur koʻrgazmada institutning “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi. Shuningdek, koʻrgazma doirasida yosh dizaynerlar ham qatnashdi. Kafedrada tahsil olayotgan talabalar tomonidan kunlik foydalanish uchun moʻljallangan poyabzal va liboslar hamda charm attorlik mahsulotlari modellarining taqdimoti …

TTYSI professor-oʻqituvchilari 17-oktyabr kuni xalqaro vebinarda ishtirok etdi.

Toʻqimachilik materialshunosligi kafedrasi masʼullari “Loyihadan xalqaro akkreditatsiyagacha boʻlgan taʼlim dasturi” mavzusidagi vebinarda ishtirok etdi. Vebinar davomida 4 ta mavzu muhokama qilindi. Bundan tashqari, ekspertlar akkreditatsiya qilish uchun akkreditatsiya agentliklarini tanlash boʻyicha tavsiyalar berdi.