Bugun – 25 oktaybr kuni taniqli suxandon va jurnalist – Sirojiddin O‘sarov bilan TTYeSIning faollar zalida ijodiy-badiiy mahorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning o‘z nutqini takomillashtirmoqchi bo‘lgan talabalari va yosh o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Sirojiddin O‘sarovning o‘z taklifiga binoan uchrashuv uch qismdan iborat bo‘ldi.          Interaktiv savol-javob qismida: Talabalar mehmonga uning kasbiy faoliyati, sahnadagi hayajonmi yengish, ovozni to‘g‘ri qo‘yish, o‘zida eʼtiborchanlikni kuchaytirish va shunga o‘xshash ko‘plab notiqlik sanʼati bilan bog‘liq savollarni berishdi;          Uchrashuvning amaliyot qismida: Sirojiddin …

Psixologik trening

Institut psixologi R.Muxamedjanova talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularga darslardan bo’sh vaqtlarda ma’naviy hordiq ulashish, o’zidagi tajriba va bilimlarni amalda sinab ko’rish orqali yoshlarga kayfiyat va motivatsiya berish ishlarini davom ettirmoqda. Kuni kecha R.Muxamedjanova tomonidan Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti birinchi kurs talaba-yoshlari o’rtasida tashkil etilgan “Temperament testi” ya’ni “Diqqatni jamlash” mashqlari talabalarga birdek ma’qul bo’ldi.

Termiz muhandislik-texnologiya institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

20-21 oktyabr kunlari Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Paxta tozalash, to’qimachilik va yengil sanoat texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi, unda TTYeSI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, professor, t.f.d. X.H.Kamilova va “Kostyum dizayni” kafedrasi professori, t.f.d. U.T.Muminovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Mazkur konferensiyada an’anaviy o’zbek matolari, milliy liboslar va zamonaviy kiyimlar ko’rgazmasi o’tkazildi.Termiz shahriga tashrif …

“Inno – Day” iqtidorli yoshlar ilmiy – innovatsion startap ishlanmalar tanlovi

O’zbekiston Respuplikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida o’tkazilgan “Inno – Day” iqtidorli yoshlar ilmiy – innovatsion startap ishlanmalar tanlovining “Mexanika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” yo’nalishi bo’yicha Texnologik jarayonlarini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo’nalishi 1-kurs magistri Bo’ronov Islombek 1-o’rin, hamda 2-kurs bakalavri Sadullayev Nodirbek 3 – …