fikringiz_muhim

Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning tashabbuskori asosan kim❓ ▫️Talabaning korrupsiya haqida xabar bermasligining sababi nima❓ 📌Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan U-Report orqali shu haqda so’rov otkazmoqda. Talabalar, ularning ota-onalari,OTM o’qituvchilari va barchangizni mazkur so’rovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. 💬Fikringizni shu yerda bildiring 👉 @UReportUzbBot Natijalar jamoat eshituvlarida taqdim etiladi. …

TTYSIda tugma qadash yarimavtomatining taqdimoti oʻtkazildi.

13-noyabr kuni Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasida “Jack” kompaniyasining bosh mexanigi Sh.Abdullayev tugma qadash va izma ochish yarimavtomatlari taqdimotini oʻtkazdi. Mutaxassis kafedraning professor oʻqituvchilari hamda talabalariga yarimavtomatning texnik imkoniyatlari haqida toʻxtalib, tugma qadash, izma ochish jarayonining oʻziga xos jihatlari, texnikalarning ishlash prinsipi, ularni sozlash yoʻllarini tushuntirib berdi.

FVV kursantlari institut faoliyati bilan tanishdi.

18-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining kursantlari institutiga tashrif uyushtirdi. Tashrif davomida kursantlar favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish jarayoni, kafedra qoshidagi HVI-1000 laboratoriya jihozlari va ushbu jarayonda kelib chiqishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlar bilan tanishib chiqdi.

Institutda Ota-onalar kongressi tashkil etildi.

18-noyabr kuni “Yangi hayot uchun yangi Oʼzbekiston uchun” shiori ostida Ota-onalar kongressi tashkil etildi. Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar institut faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Oʻqish davrida oʻzining namunali xulqi, odob-axloqi, taʼlim-tarbiyasi, bilim faolligi natijasida yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishayotgan bir guruh iqtidorli talabalarning ota-onalariga rektor tomonidan berilgan …