2 noyabr kuni 2-bosqich  talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi. 

“Muhandislik grafikasi va mexanikasi” kafedrasi dotsenti – K.Axmedov  talabalarga eng so‘ngi rusumdagi qurilmalar yordamida “Universal mayatnik (fizik va matematik) laboratoriya qurilmasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi. Dars davomida talabalarga universal mayatnikning oddiy mayatniklardan ustun va qulay tomonlari tushuntirildi. Berilgan nazariy bilimlarni parallel ravishda talabalar amaliyotda ham sinab ko‘rdilar va qurilma bilan ishlashda ko‘nikma hosil qilindilar.

📍2023-yil 3-noyabr kuni soat 19:00da Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetiga qarashli Talabalar turar joyi Ma’naviyat xonasida “Munozara” debati bo’lib o’tadi.

📌 Ushbu fikr-mulohazaga boy, qiziqarli mavzularga oid debatga qiziquvchi talaba yoshlarni taklif etamiz. Unda ishtirok etib, o’z tafakkur va ma’naviyatingizni jamoa bilan bo’lishing! Hurmat bilan, TTYESI Yoshlar ittifoqi Besh tashabbus loyihalari koordinatori Sevinch Mamadiyorova!

“Yigiruvchi” to’garagida yana bir yangilik

“Yigiruvchi” to’garagida yana bir yangilikJoriy yilning  2 noyabr kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yigiruvchi” to’garagining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda kafedraga “Truetzschler” firmasining homiyligi asosida o’rnatilgan yangi modifakatsiyadagi TC15 tarash mashinasining taqdimoti bo’lib o’tdi. “Yigiruvchi” to’garagi a’zolari yangi tarash mashinasining texnik xarakteristikasini to’liq o’zlashtirdilar hamda o’zlarining ilmiy tadqiqot ishlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.

2 noyabr sanasida “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga yangi laboratoriya stendini namoyish etishdi.

2 noyabr sanasida “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan, “Elektrotexnika va elektronika” fanining laboratoriya mashg‘ulotida 1-kurs talabalariga yangi laboratoriya stendini namoyish qilishdi. Yangi laboratoriyada elektr energetikasini rivojlanishi yuzasidan shamol va quyosh generatorlaridan muqobil elektr energiyasidan foydalanishni o‘rganish talabalar eʼtiboriga havola etildi.    

QARDOSH HAMKORLIK YANGI BOSQICHI

2 noyabr sanasida “Sedat triko Tashkent” rahbari – Sedat Shingul bilan korxonaning bosh ofisida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatda, Sedat Shingulga institutda tashkil etilajak “Bir tadbirkor Uch hamkor” loyihasi asosida uch talabani korxonada bo‘lg‘usi biznes-hamkor sifatida tarbiyalash va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;Institutda soha bo‘yicha taʼlim berayotgan ikki nafar o‘qituvchini korxonaning Turkiyada joylashgan bosh qarorgohiga tajriba va …

Xabaringiz bor, joriy yilning ikkinchi yarimida Xitoy Xalq Respublikasining Changshu texnologiya institut bilan “2+2” hamkorlik dasturi imzolangan edi.Dastur shartnomasi ijrosi bo’yicha, institutning o’quv jarayoni va texnologiyalar bilan tanishish hamda u yerda soha bo’yicha tahsil olish uchun TTYeSIning 11 nafar talabasi XXRga uchib ketishdi.

Ilova:2023-2024 o‘quv yilida akademik almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qish uchun Changshu texnologiya institutiga yuborilgan talabalar:

“Iqtidorli yoshlar – institutimiz faxri”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.Tadbir davomida haftalik doirasida o’kazilgan bir qator“Yoshlar kuni”;“Startuplar” kuni Investitsion shartnomalar va hamkorlik memorandumlariga bag‘ishlangan seminar;“Ideaton-Uzbekistan 2030 tanlovi” yosh olimlar, innovatorlar ilmiy-amaliy konferensiyasi;“Yoshlar akademiyasi forumi” tadbirlari sarhisobi …

MAHORAT DARSI

Matematika va Informatika kafedrasi katta o’qituvchisi Naliboyeva Zulxumor Alimjonovna TTYeSI huzuridagi UZ-KOR o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida talabalar bilan mahorat darsi o’tqazdilar. Bu darsda talabalar ustozlariga fan doirasidan tashqari tanlagan yo’nalishlari yuzasidan muvaffaqiyatga erishish sirlari, boshlamoqchi bo’lgan ilmiy ishlarni tartiblari, davom ettirmoqchi bo’lgan loyihalari va yana boshqa savollarini berdilar. Bir so’z bilan aytganda Naliboyeva Z.A. talabalarga talimiy …

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobidir.

Yozuvchi asarlari o‘zbek adabiyotining jahonaro shuhratini yanada oshirdi. Kuni kecha “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri va o’qituvchilari boshchiligida 24-20 guruhi talabalari bilan Oybek uy muzeyiga tashrif uyushtirildi. Buyuk adib Oybekning hayoti, ijod yo’li bilan yaqindan tanishdik. Oybek uy-muzeyi adabiy memorial muzey bo’lib u 1980-yil ochilgan ekan. Muzey hovlisida yozuvchiga haykal oʻrnatilgan. Muzeyda 10 mingdan …

XALQARO DARAJADAGI MANFAATLI UCHRASHUVLAR

1 noyabr kuni Shvetsiya Savdo sanoat palatasi – Nordic Technology & Innovation direktor o‘rinbosari Amid Khan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi va TTYeSI rektori – Davron Vahobov, Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor – Nodira Shotursunova, TTYeSI huzuridagi UZ-KOR o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki direktori – Baxtiyor Bayxanov va uning o‘rinbosari – Zebiniso Agzamovalar …