Institutning qator professor o‘qituvchilari, fakultet dekanlari va prorektorlar Nurillo Abbosxonning “O‘zgalar dardi” nomli spektaklining premyerasini tomosha qilish uchun O‘zbek milliy akademik drama teatriga taklif etildilar.

Institutning qator professor o‘qituvchilari, fakultet dekanlari va prorektorlar Nurillo Abbosxonning “O‘zgalar dardi” nomli spektaklining premyerasini tomosha qilish uchun O‘zbek milliy akademik drama teatriga taklif etildilar. Sahnada O‘zbekiston Xalq artistlari Gavhar Zokirova, Erkin Komilov va Muqaddas Xoliqovalar o‘z rollarini mahorat bilan ijro etishdi. “O‘zgalar dardi” tomoshabinga shifokorlik kasbi, uning faoliyatidagi og‘riqli nuqtalar va bularning shaxsiy hayotga …

6 dekabr kuni Shanxay matbaa va noshirlik kolleji prezidenti – janob Chen Bin bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

6 dekabr kuni Shanxay matbaa va noshirlik kolleji prezidenti – janob Chen Bin bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik doirasida qator kelishuvlarni muhokama qilishdi. Ular jumlasidan, Poligrafiya kurslarini tashkil etish va soha yo‘nalishlariga oid ilmiy maqola hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etish; Ikki oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilarining ikki mamlakataro amaliyot o‘tashlari uchun almashinuv dasturlarini …

6 dekabr kuni ShHT iqtisodiyot va savdo instituti prezidenti bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Suhbatda prezident va uning jamoasi qator istiqbolli rejalar bayon qilindi:Xitoy Xalq Respublikasida bakalavrlik va magistrlik yo’nalishlari bo’yicha ta’lim dasturlarini tashkil etish;O’zbek talabalariga xitoy tili kurslarini yo’lga qo’yish;ShHT iqtisodiyot va savdo institutida TTYSI filialini ochish;Talabalar va o’qituvchilar almashinuvi dasturlarini tashkil etish;O’zbek professor-o’qituvchilarining Xitoydagi rezervini kengaytirish va takomillashtirish;TTYSI o’qituvchilarining tijoriy seminar-treninglarini tashkil etish va ularga ilmiy unvonlar …

“Huquqiy savodxonlik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati o‘tkaziladi

2023 yil 6 dekabr kuni “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 8-dekabr-Konstitutsiya qabul qilingani kun munosabati bilan “Huquqiy savodxonlik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati o‘tkaziladi. Suhbatda “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Babayev bo‘limning tashkil etilishi, faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi, huquqshunos Sh.Mamatmurodov …

“KURASH” sport turi boʻyicha jahon chempionlari

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug’i Chora-tadbirlar rejasining 16-bandi ijrosini ta’minlash ishlari olib borildi. Jumladan, 2023-yil 6-dekabr kuni Institut talaba-yoshlari o’rtasida “KURASH” sport turi boʻyicha jahon chempionlari – Amatboyev Og‘abek, Zokirjonov Asomiddinlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, motivatsion uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha …

diqqat_tanlov

Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, tashabbuskor, faol, jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutori M.Aripdjanova tomonidan fakultet 1-bosqich talaba-qizlari uchun “Miss Fakultet–2023” ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov 2023-yil 15-dekabr soat 12:00 da bo’lib o’tadi. Murojaat uchun: 88-008-28-72 ;97-125-00-82.  

yashil_makon

Hammamizga ma’lumki, yurtimizda “Yashil makon” dasturi doirasida aholi va yoshlar orasida ekomadaniyatni targʻib etish maqsadida bir qator say-harakatlar olib borilmoqda.Joriy yilning 5 dekabr kuni “Ipak texnologiyasi” kafedrasi professor о‘qituvchilari va 5-5a -20 guruhining koʻngilli talabalari bilan birgalikda kafedrada tashkil qilingan tut plantatsiyasida obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.Unda 600 ga yaqin tut daraxtlari mavjud yashil maydon tozalanib, …

Birinchi kurs talabalari va ota-onalari Institut rektori Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

TTYESIda 2023-yil 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Paxta sanoat texnologiyasi fakultetining 2023-2024 o’quv yilida ma’naviy- ma’rifiy va tashkiliy ishlar hamda o’quv jarayonida har tomonlama faol bo’lgan birinchi kurs talabalari ota-onalari Institut rektori Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.Tashakkurnomalarni Birinchi prorektor U.Abdullayev hamda Fakultet dekani M.Ochilovlar taqdim etdi. Tadbirni fakultet tyutori N.Imamova tashkil etdi.

Diqqat e’lon!

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug’i Chora-tadbirlar rejasi 16-bandi ijroda… 🙌🏻 Sizni 2023-yil 6-dekabr kuni soat 11:00 da KURASH sport turi boʻyicha olimpiada, jahon, respublika bosqichi gʻoliblari ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy, motivatsion uchrashuvga taklif qilamiz! Taklif etilgan mehmonlar: Sportning “Kurash” turi bo’yicha chempionlar Amatboyev Og‘abek, Zokirjonov Asomiddin. …

“Gemini Cad” TTYSI talabalari uchun ham oʻrganish obyektidir.

Bugun ishlab chiqarish korxonalarida keng qoʻllaniladigan va kiyimlarni loyihalashda eng samarali dasturlardan biri hisoblangan – “Gemini Cad” TTYSI talabalari uchun ham oʻrganish obyektidir. Talabalarga ushbu dasturning afzalliklarini yanada batafsilroq tushuntirish, uning ustunliklari haqida tasavvur uygʻotish va eng soʻnggi versiyasi bilan tanishtirish maqsadida 15 yillik tajribaga ega boʻlgan “ApexGroup” korxonasining yetakchi mutaxassisi Gulchehra Kamilova mahorat darsiga …