Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi.

Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi. 🛄Ushbu bellashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar oʻz biznes rejalari bilan qatnashadi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut tomonidan kichik uskunalar bilan taqdirlanadi. 4-bosqich talabasi Dilshod Usmonaliyev loyiha koordinatori etib tayinlandi. Ishtirok etishni xohlovchi talabalar 2024-yil 10-yanvarga qadar quyidagi manzillarga oʻz loyihalarini yuborishlari mumkin. @Xodjayeva0121 @usm_d1lshod

Joriy yilning 14-dekabr kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-qizlari o’rtasida “Miss Fakultet–2023” ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlov ishtirokchilari uchta shart (tanishtiruv, sport, karving mahorati, ) bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.           a) Jalilova Muxlisa   – “Eng iqtidorli talaba” nominatsiyasi;b) Hamidullayeva Sevara – “Ijodkor talaba” nominatsiyasi;c)Tojiboyeva Zahro – “Eng maxoratli talaba” nominatsiyasi;d)Davronova Iroda – “Eng pazanda talaba” nominatsiyasi bilan taqdirlandilar.