Xorijlik professor talabalarga mahorat darsi oʻtdi
20-dekabr kuni Haydarobod shahridagi Ingliz va xorijiy tillar universiteti professori Sujatha Mukirining onlayn maʼruza darsi boʻlib oʻtdi. Maʼruza davomida professor Mukiri “Talabalarda tinglash koʻnikmalarini rivojlantirish” mavzusida qiziqarli taqdimot bilan talabalarni tanishtirdi. Mutaxassis taqdimot davomida kafedra professor-oʻqituvchilari hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi va dars yakunida taklif uchun minnatdorlik bildirdi.